O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

“Neftchi” Fransiya Ligasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

UzDaily tahririyati · 05.08.2026 · 12:35 · 23 views
“Neftchi” Fransiya Ligasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Neftchi” Fransiya Ligasi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi / Foto: UFF.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubi Kot-d‘Ivuarlik himoyachi Koffi Kuao bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi o‘tgan mavsumda Fransiyaning “Mes” klubida to‘p surgan va mamlakat chempionati, jumladan Liga 1 uchrashuvlarida maydonga tushgan.

27 yoshli futbolchi professional faoliyati davomida Fransiya va Portugaliya chempionatlarida 200 dan ortiq rasmiy uchrashuvda ishtirok etgan. Uning asosiy pozitsiyasi markaziy himoyachi hisoblanadi.

Kuao faoliyatini Portugaliyada boshlagan bo‘lib, u yerda «Vitoriya Gimaraynsh» va “Tondela” klublari sharafini himoya qilgan. Keyinchalik u Fransiyaga ko‘chib o‘tib, “Mes” tarkibida Liga 1 va Liga 2 musobaqalarida o‘ynagan.

Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 2,5 million yevroga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich Kuaoni ayni paytda O‘zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilar orasida eng yuqori transfer qiymatiga ega o‘yinchiga aylantirdi.

Shuningdek, Fransiya chempionatidan amalga oshirilgan ushbu transfer so‘nggi yillarda “Neftchi”ning eng eʼtiborli transferlaridan biriga aylandi. Bu transfer Koffi Kuaoni O‘zbekiston Superligasi tarixidagi eng yuqori qiymatga ega futbolchilar qatoriga ham kiritdi.