Narboeva Malayziya elchisi bilan aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Narboeva Malayziya elchisi bilan aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ilham Tua bin Illias bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi faol va ishonchli siyosiy muloqot hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanligi alohida taʼkidlandi.
Investitsiyalar, hududlararo hamkorlik, taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar va madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarning ijobiy surʼatlari eʼtirof etildi.
Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki mamlakat parlamentlarida tashkil etilgan parlamentlararo hamkorlik boʻyicha guruhlar faoliyatini kengaytirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va parlament diplomatiyasini yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.