O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Chirchiqda Lacetti haydovchisi daraxtga urilib, vafot etdi

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 15:15 · 29 views
Chirchiqda Lacetti haydovchisi daraxtga urilib, vafot etdi

Chirchiqda Lacetti haydovchisi daraxtga urilib, vafot etdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Chirchiq shahrida 24 iyul kuni ertalab o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Lacetti avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga urilgani oqibatida halok bo‘ldi.

Hodisa soat taxminan 06:30 da shahar hududidan o‘tuvchi Toshkent — Chirchiq — Chimyon D006 avtomobil yo‘lining 27-kilometrida sodir bo‘lgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Lacetti avtomashinasini boshqargan 31 yoshli haydovchi transport vositasi boshqaruvini eplay olmagan. Oqibatda avtomashina qatnov qismidan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan.

Olingan tan jarohatlari tufayli haydovchi voqea joyida vafot etgan. Avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchilarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ular shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Hozirgi vaqtda Chirchiq shahri ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda yo‘l-transport hodisasining barcha holatlari aniqlanmoqda.