Qo‘qonda halok bo‘lgan YHXX xodimi bilan xayrlashildi
Qo‘qonda halok bo‘lgan YHXX xodimi bilan xayrlashildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 16 iyul kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi Ozodbek Quldoshaliyev bilan Qo‘qon shahrida xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar qilinganidek, yo‘l-transport hodisasi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Dormon yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yo‘l-patrul xizmatiga tegishli xizmat mototsikllari Chevrolet Onix avtomobili bilan to‘qnashishi oqibatida YPX brigadasi maxsus batalyoni motoguruhi qo‘mondoni, leytenant Ozodbek Madiyorjon o‘g‘li Quldoshaliyev halok bo‘lgan. U 29 yoshda edi.
Halok bo‘lgan xodim bilan xayrlashuv marosimi 17 iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tdi.
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati, YPX brigadasi qo‘mondonligi va bo‘linma shaxsiy tarkibi Ozodbek Quldoshaliyevning oilasi, yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.