O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi

UzDaily tahririyati · 18.07.2026 · 16:10 · 30 views
O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi

O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning II choragida O‘zbekistonda turar joy ko‘chmas mulki narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 4 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oyda kvartiralar qiymati 5,5 foizga oshgan. Bunda eng yuqori o‘sish birlamchi bozorda qayd etilgan bo‘lib, narxlar 7,1 foizga ko‘tarilgan. Ikkilamchi bozorda esa kvartiralar 4,2 foizga qimmatlashgan.

Yakka tartibdagi turar joylar narxi bir yil davomida 2 foizga oshgan.

Toshkent shahrida kvartiralar qiymati so‘nggi 12 oyda 3,9 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, mamlakatning boshqa hududlarida o‘rtacha o‘sish 7 foizni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qilishicha, 2026 yilning II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan metodologiya asosida, gedonik regressiya usulidan foydalangan holda hisoblanmoqda. Bunday yondashuv ko‘chmas mulk obyektlarining maydoni, joylashuvi, qavatlar soni va uy-joyning boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda bozor dinamikasini yana-da aniq baholash imkonini beradi.