O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qo‘qon halvosi geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 23:00 · 37 views
Qo‘qon halvosi geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

Qo‘qon halvosi geografik ko‘rsatkich maqomini oldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Adliya vazirligi Qo‘qon halvosini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib, uni maxsus davlat reyestriga kiritdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Idorada taʼkidlanishicha, Qo‘qon qadimdan hunarmandchilik va milliy qandolatchilik sanʼatining markazlaridan biri hisoblanadi. Aynan shu yerda Qo‘qon halvosini tayyorlash anʼanasi shakllangan bo‘lib, u tayyorlash texnologiyasining o‘ziga xosligi, taʼm xususiyatlari va boshqa jihatlari bilan keng eʼtirof etilgan.

Qayd etilishicha, geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mahsulot nomi va uni ishlab chiqarishning anʼanaviy texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qilishni taʼminlaydi. Shuningdek, bu uning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish va sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Intellektual mulk agentligi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish va uni xalqaro miqyosda targ‘ib etishga ham qaratilgan.

Geografik ko‘rsatkich intellektual mulk obyekti bo‘lib, mahsulotning alohida xususiyatlari muayyan hudud, uning tabiiy sharoitlari, tarixiy anʼanalari va inson omili bilan bog‘liq ekanini tasdiqlaydi.