Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryoda gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida Nexia-2 avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki nafar fuqaro turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Idora maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 8 iyul kuni soat 07:23 da “Quruvchilar” mahallasi hududidan o‘tuvchi Qarshi — Buxoro yo‘nalishidagi A-380 avtomobil yo‘lining 128-kilometrida sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida avtomobil yo‘lovchilaridan biri voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar jabrlanuvchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida qayd etilishicha, portlashdan keyin avtomobilda yong‘in yuzaga kelmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.