O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Senat 9-iyul kuni yalpi majlisga yig'iladi

UzDaily tahririyati · 08.07.2026 · 19:45 · 38 views
Senat 9-iyul kuni yalpi majlisga yig'iladi

Senat 9-iyul kuni yalpi majlisga yig'iladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning oʻn yettinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Kengash qaroriga muvofiq Oliy Majlis Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi 2026-yil 9-iyul kuni oʻtkaziladi.

Yalpi majlis kun tartibiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, davlat boshqaruvi, qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, yongʻin xavfsizligi, farmatsevtika, ijtimoiy himoya, raqamli texnologiyalar, xalqaro hamkorlik hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qator muhim masalalar kiritildi.

 “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi va «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunlari, “Ijtimoiy ish toʻgʻrisida”gi Qonun shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda bolalarni ijtimoiy himoya qilish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, qurilish sohasida davlat nazorati, yongʻin xavfsizligi, davlat fuqarolik xizmati, farmatsevtika sohasi hamda boshqa qator yoʻnalishlarga oid qonunlar ham muhokama qilinadi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan  Oʻzbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni yaxshilanishi toʻgʻrisidagi milliy maʼruza eshitiladi.

Bundan tashqari, boshqaruv servis kompaniyalari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari ham muhokama qilinadi.