O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

O‘zbekiston banklari aktivlari 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 14:00 · 29 views
O‘zbekiston banklari aktivlari 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

O‘zbekiston banklari aktivlari 1 kvadrillion so‘mdan oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining jami aktivlari 1 005,8 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘p. Bu haqda respublika Markaziy banki maʼlumotlarida keltirilgan.

Regulyator maʼlumotiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli hajmi 12 foizga o‘sib, 642,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bank tizimining jami kapitali esa 19 foizga oshib, 148,9 trillion so‘mga yetgan.

Eng yuqori o‘sish surʼati depozitlarda qayd etildi. Bir yil davomida ularning hajmi 118 trillion so‘mga ko‘payib, 473,8 trillion so‘mga yetdi. Bu 33 foizlik o‘sishga to‘g‘ri keladi.

Markaziy bankda taʼkidlanishicha, bunday dinamika aholi va biznes tomonidan bank kredit hamda depozit mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini aks ettiradi.

Shu bilan birga, regulyator bank tizimining asosiy ko‘rsatkichlarida xorijiy valyuta ulushi yana-da kamayganini qayd etdi.

Jumladan, valyutadagi aktivlar ulushi 40 foizdan 35 foizgacha, valyutadagi kreditlar ulushi 42 foizdan 39 foizgacha, valyutadagi depozitlar ulushi esa 24 foizdan 19 foizgacha qisqargan.