O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Buxoroda issiq sabab barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi

UzDaily tahririyati · 15.07.2026 · 18:30 · 27 views
Buxoroda issiq sabab barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi

Buxoroda issiq sabab barcha bog‘chalar vaqtincha yopildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatida 15 iyuldan 17 iyulgacha havo haroratining g‘ayrioddiy yuqori bo‘lishi munosabati bilan barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Idora maʼlumotiga ko‘ra, joriy haftada hududda havo harorati 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda o‘ta yuqori haroratning salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Cheklovlar viloyatdagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etiladi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari belgilangan tartibda 20 iyuldan o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.