O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda besh kunga transport harakati cheklanadi

UzDaily tahririyati · 19.07.2026 · 10:15 · 64 views
Toshkentda besh kunga transport harakati cheklanadi

Toshkentda besh kunga transport harakati cheklanadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida 18–22 iyul kunlari D-002 va D-021 avtomobil yo‘llari kesishmasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish ishlari munosabati bilan qator avtomobil yo‘llarida transport harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi.

Tegishli xizmatlar maʼlum qilishicha, Bektemir tumanidagi D-012 «Bektemir — Chirchiq — Chorvoq» avtomobil yo‘lining 6-kilometrida Iyk-ota mavzesi yo‘nalishida yuk avtomobillari harakati cheklanadi. Aylanma yo‘l sifatida yuk avtomobillariga “Rohat” transport yechimidan foydalanish tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, D-012 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida Food City savdo majmuasi tomon barcha turdagi transport vositalari harakati to‘liq yopiladi. Aylanma harakat Furqat ko‘chasi hamda Bektemir tumanidagi aylanma yo‘l orqali tashkil etiladi.

Vaqtinchalik cheklovlar D-021 avtomobil yo‘lini ham qamrab oladi. Unda Yangihayot tumanidagi Qipchoq va Surum chorrahalari oralig‘ida harakat to‘liq to‘xtatiladi.

Shuningdek, Bektemir tumanida D-002 avtomobil yo‘lining Parkent trakti bilan kesishgan qismida ham transport harakati cheklanadi.

Haydovchilarga safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, tashkil etilgan aylanma yo‘llardan foydalanish, vaqtinchalik yo‘l belgilari talablariga hamda yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etildi.