O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Chexiya tibbiyot xodimlari uchun dasturni ishga tushirmoqda

UzDaily tahririyati · 19.07.2026 · 09:55 · 54 views
O‘zbekiston va Chexiya tibbiyot xodimlari uchun dasturni ishga tushirmoqda

O‘zbekiston va Chexiya tibbiyot xodimlari uchun dasturni ishga tushirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Chexiya Chexiya Respublikasidagi davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida o‘zbek tibbiyot mutaxassislarini o‘qitish va ishga joylashtirish dasturini ishga tushirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi maʼlum qildi.

Ushbu tashabbus Chexiya Bosh vaziri Andrey Babishning O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlardan kelib chiqadi.

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi vakillari va Chexiya Respublikasining sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex bilan bo‘lib o‘tgan muzokara yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik tibbiyot soxasi mutaxassislarini Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida ishlashga tayyorlanadi va yuqori lavozimli ishlarga joylashtiriladi.

Nomzodlarni chex tili va kasbga tayyorlash, dual taʼlim dasturlarini ishlab chiqish hamda diplom va malakalarni tan olish jarayonlarini yengillashtirish masalalari hal qilinadi.