Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionati bronzasini qo‘lga kiritdi
Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionati bronzasini qo‘lga kiritdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Angliya terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Uchrashuv Mayami shahrida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘limning o‘zidayoq angliyaliklar Deklan Rays, Ezri Konsa va Bukayo Sakaning gollari evaziga ishonchli ustunlikni taʼminladi. Saka birinchi bo‘limda ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Tanaffusdan keyin fransuzlar Kilian Mbappe, Bredli Barkolya va yana Mbappening gollari evaziga hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Angliya jamoasi g‘alabani saqlab qoldi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsning so‘nggi daqiqalarida Bukayo Saka xet-trik qayd etdi, Jud Bellingem esa qo‘shimcha vaqtda jamoasining oltinchi golini kiritdi. Fransiya safida esa so‘nggi daqiqalarda Usmon Dembele ham gol muallifi bo‘ldi.
Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.