Andijon viloyatida “Avatar” uzumzorlari barpo etiladi
Andijon viloyatida “Avatar” uzumzorlari barpo etiladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatining Asaka tumanida dunyodagi eng mashhur uzum navlaridan biri hisoblangan “Avatar” uzumzorlarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Loyiha 190 gektarlik adir hududini qamrab oladi va kelgusida tashkil etiladigan turistik majmuaning bir qismiga aylanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Kaliforniyada yaratilgan “Avatar” uzum navi to‘q ko‘k rangli cho‘zinchoq mevalari, yuqori hosildorligi va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, Asaka tumanining tabiiy-iqlim sharoitlari hamda tuproq tarkibi ushbu navni yetishtirish uchun mos hisoblanadi.
Murakkab relyefga ega yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida uzumzorlarda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu suv sarfini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi.
Loyiha «Agrosanoat innovatorlari» kompaniyasi tomonidan Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Uzumzorlar barpo etishdan tashqari, loyiha turistik infratuzilmani yaratishni ham nazarda tutadi.
Kelgusida majmua hududida dam olish maskanlari, mehmonxonalar, agroturizm obyektlari, oilaviy restoran, shuningdek, faol dam olish uchun ziplayn kabi inshootlarni tashkil etish rejalashtirilgan.