Navoiy viloyatida tergovchi pora olishda gumonlanib ushlandi
Navoiy viloyatida tergovchi pora olishda gumonlanib ushlandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani ichki ishlar bo‘limi tergov guruhining katta tergovchisiga nisbatan noqonuniy mukofot olganlik gumoni bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, iyul oyi boshida tergovchi ikki nafar vositachi orqali 23 yoshli fuqaroga avval ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xotirasida taqiqlangan diniy materiallar mavjudligi gumoni bilan olib qo‘yilgan iPhone 17 Pro Max mobil telefonini qaytarib berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan.
Davlat xavfsizlik xizmatida qayd etilishicha, gumonlanuvchining noqonuniy harakatlari pul mablag‘larini olish vaqtida fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.