O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Strategik rivojlanish agentligiga yangi rahbarlar tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 16.07.2026 · 21:20 · 444 views
Strategik rivojlanish agentligiga yangi rahbarlar tayinlandi
vStrategik rivojlanish agentligiga yangi rahbarlar tayinlandi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti Matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida kadrlar tayinlovi amalga oshirildi. Tegishli farmoyishlar Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan imzolandi.

Hujjatga muvofiq, Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Boshqa bir farmoyishga asosan Tohirjon Safarov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan Tohirjon Safarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti sektor mudiri lavozimidan ozod etildi.