Prezident Madaniyat vazirligi rahbariyatini yangiladi
Prezident Madaniyat vazirligi rahbariyatini yangiladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Madaniyat vazirligi rahbariyatidagi kadrlar o‘zgarishlariga oid qarorlarni imzoladi.
Hujjatlarga muvofiq, Nodirbek Sayfullayev madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Jahongir Axmedov esa O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori hamda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Shuningdek, Odiljon Abdukaxorov madaniyat vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Sanjar Bobojonov ham madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili tuzilmasida bosh inspektor lavozimidan ozod etildi.
Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Bahodir Axmedov va Avazxon Tojixanov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Murodjon Majidov va Yusufjon Usmonov madaniyat vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.