O‘zbekiston banklari aktivlari 984,4 trln so‘mga yetdi
O‘zbekiston banklari aktivlari 984,4 trln so‘mga yetdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga O‘zbekiston tijorat banklarining jami aktivlari 984,4 trillion so‘mni tashkil etdi.
Davlat ulushi mavjud banklar hissasiga 617,1 trillion so‘m yoki bank sektori umumiy aktivlarining 62,7 foizi to‘g‘ri keladi. Qolgan banklar ulushi esa 367,3 trillion so‘mni yoki 37,3 foizni tashkil qildi.
Aktivlar hajmi bo‘yicha mamlakatning eng yirik banki bo‘lib 142,8 trillion so‘m yoki umumiy aktivlarning 14,5 foiziga ega O‘zmilliybank qolmoqda.
Undan keyingi o‘rinlarni 119,1 trillion so‘m (12,1 foiz) bilan Agrobank, 103,6 trillion so‘m (10,5 foiz) bilan O‘zsanoatqurilishbank, 61,4 trillion so‘m (6,2 foiz) bilan Asaka bank hamda 59,4 trillion so‘m (6 foiz) bilan Kapitalbank egalladi. Shu bilan birga, Kapitalbank davlat ulushi bo‘lmagan banklar orasida aktivlar hajmi bo‘yicha eng yirik bank hisoblanadi.
Eng kam aktivlar Saderat bank hissasiga to‘g‘ri kelib, ular 612,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichdan biroz yuqori natija Poytaxt bankda — 997,1 milliard so‘m, Madad invest bankda — 1,1 trillion so‘m, Open bankda — 1,6 trillion so‘m va AVO bankda — 1,8 trillion so‘mni tashkil qildi.