Oʻzbekiston va Turkiya ijtimoiy sohadagi hamkorlikni kengaytiradi
Oʻzbekiston va Turkiya ijtimoiy sohadagi hamkorlikni kengaytiradi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbariyati Turkiya Respublikasi Prezidentining Turk dunyosi masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Kurshad Zorlu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ijtimoiy himoya sohasiga raqamli yechimlarni joriy etish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, adaptiv sportni rivojlantirish, shuningdek, Turkiyaning vaqf va xayriya tizimi tajribasini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va amaliy sheriklikni mustahkamlashga tayyorlik bildirildi.