O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va GENERIUM biofarmatsevtik loyihalarni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 09.07.2026 · 20:00 · 34 views
Oʻzbekiston va GENERIUM biofarmatsevtik loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va GENERIUM biofarmatsevtik loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi biotexnologik kompaniyalaridan biri — AO “GENERIUM” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda biotexnologiya asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, innovatsion investitsiya loyihalarini amalga oshirish, texnologiyalar transferi hamda O‘zbekistonda zamonaviy biofarmatsevtika ishlab chiqarishini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonga jalb etish va mamlakatimizda biotexnologik farmatsevtika sanoatini jadal rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratadi.