O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qo‘qon patiriga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 16:55 · 35 views
Qo‘qon patiriga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Qo‘qon patiriga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Adliya vazirligi Qo‘qon patirini geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi va uni maxsus davlat reyestriga kiritdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Idorada taʼkidlanishicha, Qo‘qon patiri Qo‘qonning gastronomik merosidagi o‘ziga xos noyob mahsulotlardan biri hisoblanadi. U o‘ziga xos taʼmi, anʼanaviy tayyorlash retsepti va maxsus pishirish texnologiyasi bilan ajralib turadi.

Intellektual mulk agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu non turi o‘ziga xos pishirish usuli tufayli bir necha hafta davomida o‘zining yangiligi va mazali taʼmini saqlab qoladi.

Geografik ko‘rsatkich maqomining berilishi mahsulot nomi va uni tayyorlashning anʼanaviy texnologiyasini huquqiy himoya qilishni taʼminlaydi. Shuningdek, bu uning o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish va sifat kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Geografik ko‘rsatkich intellektual mulk obyekti hisoblanadi hamda mahsulot muayyan hududning tabiiy, tarixiy va inson omili bilan bog‘liq alohida xususiyatlarga ega ekanini tasdiqlaydi.