Farg‘onada qalbaki xorijiy pasportlar tayyorlagan guruh ushlandi
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasportlar tayyorlagan guruh ushlandi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda qalbaki xorijiy pasportlar tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotlariga ko‘ra, tezkor tadbir davomida 1995 yilda tug‘ilgan Marg‘ilon shahri fuqarosi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tug‘ilgan Farg‘ona shahrida yashovchi to‘rt nafar shaxs bilan oldindan jinoiy til biriktirgani aniqlangan. Guruh aʼzolari mijozga Turkiya Respublikasi fuqarosining qalbaki pasporti va soxta haydovchilik guvohnomasini tayyorlab, 4 million so‘mga sotgan.
Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan vaqtda ulardan ish bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida 11 ta mobil telefon va ikkita noutbuk musodara qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoSarlavha: Farg‘onada qalbaki xorijiy pasportlar tayyorlagan guruh ushlandi