Shoshilinch
O‘zbekiston

Toshkent — Nurafshon avtomagistralida uchta avto to‘qnashdi

Toshkent — Nurafshon avtomagistralida uchta avto to‘qnashdi
Toshkent — Nurafshon avtomagistralida uchta avto to‘qnashdi / Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 24 avgust kuni ertalab Toshkent — Nurafshon avtomagistralining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 9-kilometrida uchta avtomobil to‘qnashdi.

Yo‘l-transport hodisasidan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etgan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, YTH ishtirokchilari jarohat olmagan. Bu haqda Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa taxminan soat 07:30 da sodir bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Labo avtomobili haydovchisi ruxsat etilgan joyda qayrilishni amalga oshirayotgan vaqtda shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Lacetti va Tracker avtomobillari bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirgan.

Urtachirchiq tumani ichki ishlar organlari xodimlari hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.