O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlarga ijaraga berish tartibi belgilandi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 16:40 · 34 views
Suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlarga ijaraga berish tartibi belgilandi

Suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlarga ijaraga berish tartibi belgilandi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —  Hukumat qarori (362-son, 02.07.2026 y.) bilan “Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish va suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomga ko‘ra, tuman (shahar) hokimliklari suv obyektini balansda saqlovchi tashkilotlar bilan birgalikda ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish orqali paydo bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarini tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:
 
elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga murojaat qiladi.
 
Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan parametrlarda amalga oshiriladi.
 
Ochiq turdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini yopiq-yotiq drenajlarga aylantirish orqali paydo bo‘lgan suv fondi yer uchastkalarining yer toifasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 
Ijaraga berilgan suv fondi yer uchastkasi hududida yopiq-yotiq drenajlarni soz holatda saqlash va joriy taʼmirlash ishlari elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi tomonidan amalga oshiriladi.