O‘zbekiston va Nikken Sekkei shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Nikken Sekkei shaharsozlik loyihalarini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yaponiyaning Nikken Sekkei arxitektura va injiniring kompaniyasi ijrochi direktori Ryuichi Kizumi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar arxitektura loyihalashtirish va shaharsozlik sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida ilg‘or muhandislik yechimlarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Kompaniyaning ijtimoiy va transport infratuzilmasi obyektlarini loyihalashtirish borasidagi tajribasidan foydalanish salohiyati yuqori ekani qayd etildi.
Yaponiya tomoni ijtimoiy, transport va jamoat obyektlari uchun arxitektura konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etishga, shuningdek, loyihalashtirish sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Yakunda tomonlar yaqin hamkorlikni davom ettirish hamda aniq loyiha takliflarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.