Oʻzbekiston va JAC Motors ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va JAC Motors ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov JAC Motors kompaniyasi bosh direktori Yu Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
JAC Motors – Xitoyning eng yirik davlat avtomobilsozlik xoldinglaridan biri bo‘lib, bosh qarorgohi Anxoy provinsiyasining Xefey shahrida joylashgan.
Muzokaralar davomida tomonlar 2026-yil may oyida “Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida JAC Motors zavodining ishga tushirilgani O‘zbekistonda zamonaviy avtomobilsozlikni rivojlantirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lganini ta’kidladilar.
Shuningdek, loyihani izchil amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar korxonani kelgusi yildayoq SKD yig‘ish tizimidan CKD ishlab chiqarish bosqichiga jadal o‘tkazish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, korxonaning eksport salohiyatini kengaytirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha rejalarni muhokama qildilar.