O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Gruziya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 10:45 · 31 views
Oʻzbekiston va Gruziya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Gruziya iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 30-iyun – 1-iyul kunlari Tbilisi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov oliy darajadagi rasmiy tashrif arafasida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi amaliy iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Gruziya Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Mariam Kvrivishvili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdo, investitsiyalar hamda transport-logistika aloqalarini rag‘batlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, shuningdek, joriy yil kuzida Gruziyada Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishini o‘tkazishni nazarda tutuvchi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni kelishib oldilar.

Shu bilan birga, Gruziyaning 22 ta kompaniya va tashkiloti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yakunida sanoat, qurilish, logistika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, neft-gaz sohasi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishlaridagi loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Moliyaviy yo‘nalish investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. TBC’ning O‘zbekistondagi faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqaro fondlar mablag‘larini jalb etish uchun investitsiya platformasini yaratish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.