Bojxona qo'mitasi Reformatics bilan hamkorlikni muhokama qildi
Bojxona qo'mitasi Reformatics bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasida Gruziyaning “Reformatics” xalqaro tashkiloti vakillari Melikidze Giorgi hamda Gabuniya Jaba bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati jarayonlarini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularning yechimlariga doir masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning maqsadli qo‘llanilishini baholash, ularning samaradorligini tahlil qilish va bu borada uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, tahliliy yondashuvlarni qo‘llash va o‘zaro amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
Uchrashuv konstruktiv va ishchan ruhda o‘tib, kelgusida ham o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.