O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Oʻzbekiston va Yaponiyaning NEC kompaniyalari AKT sohasidagi hamkorligini kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 22:45 · 30 views
Oʻzbekiston va Yaponiyaning NEC kompaniyalari AKT sohasidagi hamkorligini kengaytiradi

Oʻzbekiston va Yaponiyaning NEC kompaniyalari AKT sohasidagi hamkorligini kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov “NEC” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Teruyuki Nakajima bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida NEC kompaniyasi bilan 30 yildan ortiq davom etib kelayotgan samarali hamkorlikni alohida ta’kidlab, telekommunikatsiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holatini muhokama qildilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida telekommunikatsiya yo‘nalishidan tashqari boshqa sohalarda ham ilg‘or raqamli yechimlarni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Vazir o‘rinbosari J. Maxsudov Qoraqalpog‘iston Respublikasida ma’lumotlar markazlari (Data Center) loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar amaldagi loyihalar doirasidagi hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologik yechimlar va qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.