O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Bishkekda tashkilotning 25 yilligi sharafiga ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi yig'ilishi bo'lib o'tdi

UzDaily tahririyati · 26.06.2026 · 11:30 · 30 views
Bishkekda tashkilotning 25 yilligi sharafiga ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Bishkekda tashkilotning 25 yilligi sharafiga ShHT Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov ishtirok etdi.

SHHTning 25 yilligi nishonlanayotgan yilda tashkil etilgan mazkur tadbir ishtirokchilar tomonidan tashkilotning iqtisodiy salohiyatini yana-da mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoni sifatida eʼtirof etildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda SHHT mamlakatlari jahon aholisining qariyb yarmini qamrab olgan bo‘lib, katta iqtisodiy, investitsiyaviy va inson kapitali salohiyatiga ega hududni tashkil etadi.

Yig‘ilish davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlatlar o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellekt, elektron tijorat, “yashil” iqtisodiyot, energetika va transport-logistika sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va transport bog‘liqligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir doirasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 25 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan yubiley medallarini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Mukofotlar SHHT doirasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga munosib hissa qo‘shgan vakillarga topshirildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini ilgari surish SHHT makonida barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashning muhim omillaridan biri ekani taʼkidlandi.