O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston Osiyo chempionatida 38 nafar bokschi bilan qatnashadi

UzDaily tahririyati · 03.07.2026 · 11:40 · 26 views
O‘zbekiston Osiyo chempionatida 38 nafar bokschi bilan qatnashadi

O‘zbekiston Osiyo chempionatida 38 nafar bokschi bilan qatnashadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi 3–17 iyul kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan U19 va U23 yosh toifalari o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Qitʼa birinchiligida milliy terma jamoa yigitlar, qizlar, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi barcha vazn toifalarida ishtirok etadi.

U19 yosh toifasidagi yigitlar musobaqasida O‘zbekiston sharafini o‘n nafar bokschi himoya qiladi. Qizlar bahsida esa sakkiz nafar sportchi ishtirok etadi. U23 toifasida mamlakatni o‘n nafardan bokschi va bokschi qizlar namoyon etadi.

Jamoalar tayyorgarligi Xulio Li Echavarriya, Temur Axbayev, Xuan Enrike Steyners va Barbaro Fernandes Ximenes boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan olib borilmoqda. Rasmiy delegatsiya tarkibiga jamoa shifokori Komiljon Rasulov, fizioterapevt Xesus Alberto hamda xalqaro toifadagi hakam Bekjon Yusupov ham kiritilgan.

Osiyo chempionati 3–17 iyul kunlari Indoneziya poytaxtida bo‘lib o‘tadi va U19 hamda U23 yosh toifalarida qitʼaning eng kuchli yosh bokschilarini jamlaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha:

U19 yigitlar

50 kg gacha — O‘tkirbek Norqosimov

55 kg gacha — Elyor Rustamov

60 kg gacha — Muhammadrizo Ukimov

65 kg gacha — Ibrohim Shokirjonov

70 kg gacha — Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev

75 kg gacha — Suhrob Rahmatullayev

80 kg gacha — Abror Sharipov

85 kg gacha — Sardorbek Baxromxo‘jayev

90 kg gacha — Asadbek Sultanboyev

90 kgdan yuqori — Islom Salixov

U19 qizlar

48 kg gacha — Maftuna Musurmonova

51 kg gacha — Nazokat Mardonova

54 kg gacha — Sabrina Chakomanova

57 kg gacha — Robiya Ravshanova

60 kg gacha — Sevara Mamatova

65 kg gacha — Rushanabonu Isoyeva

70 kg gacha — Maftuna Yangiyeva

75 kg gacha — Samira Turgunova

U23 erkaklar

50 kg gacha — Amirbek Ismoilov

55 kg gacha — Faryozbek Dusmatov

60 kg gacha — Abdurahmon Mahmudjonov

65 kg gacha — Ilhomjon Irgashev

70 kg gacha — Abdulloh Madaminov

75 kg gacha — Abdulaziz Abdulhamidov

80 kg gacha — Fazliddin Erkinboyev

85 kg gacha — Norbek Abdullayev

90 kg gacha — Samir Sobirov

90 kgdan yuqori — Ozodbek Aliyev

U23 ayollar

48 kg gacha — Robiyaxon Baxtiyorova

51 kg gacha — Gulsevar G‘aniyeva

54 kg gacha — Uzukjamol Yunusova

57 kg gacha — Xumorabonu Mamajonova

60 kg gacha — Mushtariybonu Ibrohimjonova

65 kg gacha — Sevinch Xurramova

70 kg gacha — Rayhona Qurbonboyeva

75 kg gacha — Oysha Toirova

80 kg gacha — Ruxshona Parpiyeva

80 kgdan yuqori — Sobiraxon Shahobiddinova.