7
Sport

Mariya Timofeyeva Uimbldondagi ishtirokini yakunladi

Mariya Timofeyeva Uimbldondagi ishtirokini yakunladi
Mariya Timofeyeva Uimbldondagi ishtirokini yakunladi / Foto: WTA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva “Uimbldon-2026” Katta dubulg‘a turniridagi ishtirokini yakunladi va musobaqaning uchinchi bosqichiga chiqa olmadi.

Turnirning ikkinchi bosqichida Timofeyeva belgiyalik tennischi Elize Mertensga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set O‘zbekiston vakili foydasiga hal bo‘ldi — 6:2.

Ikkinchi partiyada Mertens hisobni tenglashtirdi va setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga yakunladi.

Hal qiluvchi uchinchi setda belgiyalik tennischi ishonchli o‘yin namoyish etib, raqibasiga birorta ham geym bermagan holda 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Mariya Timofeyeva “Uimbldon-2026” turniridagi ishtirokini yakunladi. Uning mag‘lubiyatidan so‘ng musobaqaning yakkalik bahslarida O‘zbekiston vakilalari qolmadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.