O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Toshkentda Qatortol ko‘chasining bir qismi obodonlashtiriladi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 17:05 · 33 views
Toshkentda Qatortol ko‘chasining bir qismi obodonlashtiriladi

Toshkentda Qatortol ko‘chasining bir qismi obodonlashtiriladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Qatortol ko‘chasining bir qismini turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy hududga aylantirish ishlari boshlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qurilish va taʼmirlash ishlarining borishini Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev ko‘zdan kechirdi. Tekshiruv davomida bajarilayotgan ishlar sifati, shaharsozlik talablariga rioya qilinishi hamda yangi dizayn-kod talablarining bajarilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tuman hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, loyihani amalga oshirishda asosiy eʼtibor poytaxt aholisi va mehmonlari uchun qulay shahar muhitini yaratishga qaratiladi.