O‘zbekiston

Italiya Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Italiya Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Italiya Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.