O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Isroil Madrimov Virjil Ortiska 12 raundlik jangda mag‘lub bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 24.02.2025 · 15:40 · 1110 views
Isroil Madrimov Virjil Ortiska 12 raundlik jangda mag‘lub bo‘ldi
Isroil Madrimov Virjil Ortiska 12 raundlik jangda mag‘lub bo‘ldi Surat: DAZN

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchradi.

Jang to‘liq 12 raund davom etdi va hakamlar yakdil qaror bilan g‘alabani Ortisga berishdi. Hisob qaydnomalari 117-111, 115-113, 115-113 ko‘rinishida amerikalik sportchi foydasiga chiqdi.

Shu tariqa, Virjil Ortis WBCning vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Isroil Madrimov uchun bu professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.