«Ipak Yo‘li Bank»ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
«Ipak Yo‘li Bank»ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Ipak Yo‘li Bank» 26 may kuni boshqaruvning yangi raisi tayinlanganini maʼlum qildi. Ushbu lavozimga bank sohasida va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik yo‘nalishida 25 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Umidjon Hakimov tayinlandi.
Mazkur lavozimda Hakimov 2018 yildan buyon bankka rahbarlik qilib kelgan Saidabror Saydaxmedov o‘rnini egalladi.
Qayd etilishicha, Saydaxmedov bankda faoliyatini yangi yo‘nalishda davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani munosabati bilan mazkur lavozimni tark etmoqda.
Yangi rahbarning mehnat faoliyati
Umidjon Hakimov 2011–2021 yillarda «Aziya Alyans Bank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2021–2023 yillarda u mazkur bankka boshqaruv raisi sifatida rahbarlik qilgan.
2026 yil aprel oyidan boshlab Umidjon Hakimov «Ipak Yo‘li Bank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shundan so‘ng u bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi.