INNOPROMda qishloq xo'jaligi texnologiyalari bo'yicha memorandum imzolandi

INNOPROMda qishloq xo'jaligi texnologiyalari bo'yicha memorandum imzolandi

INNOPROMda qishloq xo'jaligi texnologiyalari bo'yicha memorandum imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtimizda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida muhim hamkorlik kelishuviga erishildi.

Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda “SIBUR Holding” AJ o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Mazkur hujjatning asosiy yo‘nalishi — qishloq xo‘jaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘lib, ayniqsa polimer asosidagi innovatsion yechimlarni kengaytirishga qaratilgan.

Bitim doirasida suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash tizimlarini modernizatsiya qilish, shuningdek ochiq va yopiq gruntda yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar kelishuv asosida tajriba almashish, pilot loyihalarni amalga oshirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy qishloq xo‘jaligiga joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling