Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navbatdagi “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 2027 yil aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari TACC agentligiga maʼlum qildi.
«2027 yildagi “Innoprom” loyihalarining birinchisi aprel oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi», — deya taʼkidladi tashkilotchilar.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilda o‘tkazilgan «Innoprom. Belarus» xalqaro ko‘rgazmalar seriyasining joriy yildagi yakuniy loyihasi bo‘lgan.
2026 yilda “Innoprom” loyihalari fevral oyidan oktyabrga qadar beshta davlat — Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston va Belarusda o‘tkazildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston 2027 yil aprel oyida yana “Innoprom” xalqaro loyihasini o‘tkazish maydoniga aylanadi.