Iqtisod

Farid Muminov “O‘zbekneftegaz” raisining o‘rinbosari bo‘ldi

Farid Muminov “O‘zbekneftegaz” raisining o‘rinbosari bo‘ldi
Farid Muminov “O‘zbekneftegaz” raisining o‘rinbosari bo‘ldi / Foto: "O'zbekneftgaz" AJ.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farid Muminov “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisining lokalizatsiya, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

U tayinlovga qadar “O‘zbekneftegaz” AJ Tijorat departamentiga rahbarlik qilgan.

Yangi lavozimida Muminov kompaniyada ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish masalalarini muvofiqlashtiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.