Texnologiyalar

Farg‘ona viloyati hokimi "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakayni qabul qildi

Farg‘ona viloyati hokimi "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakayni qabul qildi
Farg‘ona viloyati hokimi "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakayni qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov "Huawei Tech. Investment Tashkent" ta‘sischisi Chenь Szyakay boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.


Uchrashuvda ushbu kompaniya tomonidan Farg‘onada axborot texnologiyalari yo‘nalishida hamkorlikda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan istiqbolli loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.


Shuningdek, energetika, ta‘lim sohasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bunda oliy ta‘lim muassasalaridagi o‘qituvchi va talabalarni axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish kurslarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun Xitoyga yuborish bo‘yicha rejalar ma‘lum qilindi.


Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.