Texnologiyalar

ICT WEEK Uzbekistan‘da $1,235 mln investitsiya eʼlon qilindi

ICT WEEK Uzbekistan‘da $1,235 mln investitsiya eʼlon qilindi
ICT WEEK Uzbekistan‘da $1,235 mln investitsiya eʼlon qilindi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida texnologik startaplar uchun umumiy qiymati 1,235 million dollarlik investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar eʼlon qilindi. Mablag‘lar mahsulotlarni rivojlantirish, jamoalarni kengaytirish hamda ichki va xalqaro bozorlarga chiqishga yo‘naltiriladi.

Eʼlon qilingan kelishuvlar orasida eng katta investitsiya hajmi Aloqa Ventures fondi hissasiga to‘g‘ri keldi. Bito startapi 300 ming dollar, BlogiX 120 ming dollar, Bigmart 100 ming dollar, Safora esa 50 ming dollar investitsiya oldi.

IT Park Ventures ham bir qator texnologik loyihalarga investitsiya kiritilishini eʼlon qildi. ORA 150 ming dollar, Layf 100 ming dollar, Bigmart 100 ming dollar, UrbanDrive esa 100 ming dollar jalb qildi. Q.Watt‘ga kiritilgan investitsiya miqdori maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuv sababli oshkor qilinmadi.

Yoshlar Ventures ham bir qator startaplarni qo‘llab-quvvatlashini maʼlum qildi. UrbanDrive 100 ming dollar, Fieldy 40 ming dollar, Bonu 40 ming dollar, Mikrogreen esa 35 ming dollar investitsiya oldi.

Shu tariqa, turli fondlardan investitsiya olgan loyihalar orasida UrbanDrive va Bigmart ham bor.

Eʼlon qilingan mablag‘lar startaplarni yana-da rivojlantirish, jamoalarni kuchaytirish va ularning yangi bozorlardagi ishtirokini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.