Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Seoul Startup Hub Gongdeok vakillari bilan startaplarni qöllab-quvvatlaş hamda qöşma texnologik loyihalarni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuv delegatsiyaning Koreya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida bölib ötdi. Tomonlar startaplar ekotizimini rivojlantiriş, innovatsion loyihalarni qöllab-quvvatlaş va ikki mamlakat texnologik kompaniyalari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
Markaz rahbari Kim Çon U Özbekistonda IT sohasini rivojlantiriş uçun yaratilgan şaroitlar, malakali mutaxassislar salohiyati, vizani rasmiylaştiriş tartiblarining soddalaştirilgani hamda xorijiy startaplarni institutsional qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini qayd etdi.
Uçraşuv iştirokçilari Janubiy Koreya startaplarini Özbekistonga jalb qiliş, qöşma texnologik loyihalarni amalga oşiriş va innovatsion işlanmalarni tijoratlaştiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şuningdek, mamlakatning Markaziy Osiyo bozorlariga çiqiş uçun mintaqaviy platforma sifatida rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, Özbekiston vakillarining Seoul Startup Hub Gongdeok xalqaro dasturlaridagi iştirokini kengaytiriş hamda Open Innovation tamoyili asosida yirik biznes va startaplar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça takliflar ilgari surildi.
Tomonlar, şuningdek, ikki mamlakat startaplarining Özbekistondagi Land of Startups va Janubiy Koreyadagi Try Everything tanlovlarida iştirok etiş imkoniyatlarini ham muhokama qildi.