Cadila Pharmaceuticals O'zbekistondagi imkoniyatlarni o'rganmoqda

Cadila Pharmaceuticals O'zbekistondagi imkoniyatlarni o'rganmoqda

Cadila Pharmaceuticals O'zbekistondagi imkoniyatlarni o'rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Cadila Pharmaceuticals Limited" kompaniyasining xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha vitse-prezidenti Djeyevagan Gnanasekaran ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Cadila Pharmaceuticals Limited" 1950 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda dori vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va eksport qilish sohasida faoliyat yurituvchi yirik xalqaro farmatsevtika kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya keng turdagi terapevtik yo‘nalishlarda mahsulotlar ishlab chiqarib, jahonning ko‘plab mamlakatlarida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Uchrashuv davomida farmatsevtika klasterlari hududida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, texnologiya transferi, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash, xalqaro sifat standartlarini joriy etish hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling