O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 4,7 foizga oshdi

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 12:05 · 28 views
O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 4,7 foizga oshdi

O‘zbekistonda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 4,7 foizga oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonning yirik korxonalari tomonidan 19,7 trillion so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga oshgan.

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning eng katta hajmi Navoiy viloyati hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 5,4 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Ikkinchi o‘rinni 3,6 trillion so‘mlik ko‘rsatkich bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, uchinchi o‘rinni esa 2,9 trillion so‘m bilan Toshkent viloyati egallagan.

Qashqadaryo viloyatida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,6 trillion so‘mni, Toshkent shahrida 2 trillion so‘mni, Farg‘ona viloyatida esa 1,9 trillion so‘mni tashkil etgan.

Qolgan hududlarda ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan: Andijon viloyatida — 362,2 milliard so‘m, Samarqand viloyatida — 341 milliard so‘m, Buxoro viloyatida — 239,9 milliard so‘m, Namangan viloyatida — 209,3 milliard so‘m, Jizzax viloyatida — 130,9 milliard so‘m.

Xorazm viloyatida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 36,2 milliard so‘mni, Sirdaryo viloyatida 17,7 milliard so‘mni, Surxondaryo viloyatida esa 12,3 milliard so‘mni tashkil etgan.