O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“O‘zmetkombinat” AJ va Citi xalqaro kapital bozorlarida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 13:00 · 32 views
“O‘zmetkombinat” AJ va Citi xalqaro kapital bozorlarida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

“O‘zmetkombinat” AJ va Citi xalqaro kapital bozorlarida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 24 iyul kuni Nyu-York shahrida “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev hamda Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalar va transformatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Haydarov Citi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda xalqaro kapital bozorlaridan mablag‘ jalb qilish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda kelgusida xalqaro qarz instrumentlarini joylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar xalqaro qarz kapitali bozorida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjat Citi‘ning investitsiya-bank sohasidagi tajribasidan foydalanish, jumladan, kelgusi xalqaro qarz emissiyalarida koordinator va bukranner sifatida ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Mazkur uchrashuv “O‘zmetkombinat” AJning xalqaro moliya bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish va strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.