O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston xavfli chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ishga tushirishni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 13:30 · 23 views
Oʻzbekiston xavfli chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ishga tushirishni muhokama qildi

Oʻzbekiston xavfli chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ishga tushirishni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov "Vision Invest" kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar N. Al-Midani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda zamonaviy, ekologik xavfsiz hamda xalqaro talablarga mos texnologiyalar asosida xavfli sanoat chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muloqot chog‘ida loyihaning texnik, moliyaviy va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar loyihani amaliyotga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashib, uni ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan keyingi bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni belgilab oldilar. Shuningdek, zarur ma’lumotlar almashinuvi, tegishli taklif va hujjatlarni tayyorlash hamda tashabbusni amalga oshirish doirasida hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha xavfli sanoat chiqindilarini xavfsiz yig‘ish, tashish, zararsizlantirish va qayta ishlashning zamonaviy tizimini yaratishga xizmat qiladi. Loyihaning amalga oshirilishi bunday chiqindilarning atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish, shuningdek, mamlakatda chiqindilar bilan ekologik xavfsiz muomala qilish infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlab, loyihani amalga oshirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.