O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Sonect Toshkent, Samarqand va Farg'onada BPO markazlarini ochishni rejalashtirmoqda

UzDaily tahririyati · 25.07.2026 · 13:45 · 23 views
Sonect Toshkent, Samarqand va Farg'onada BPO markazlarini ochishni rejalashtirmoqda

Sonect Toshkent, Samarqand va Farg'onada BPO markazlarini ochishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Global Business Services Forum (GBSF) 2026 doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Sonect bosh direktori Yekaterina Osina kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini ishga tushirish va keyingi rivojlanish rejalarini muhokama qildilar.

Sonect'ning O‘zbekiston bozoriga kirish qarori avvalroq Moskva va Toshkentda o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qabul qilindi. GBSF 2026 doirasida kompaniya o‘zining rebrendingini hamda O‘zbekistonda faoliyat boshlayotganini rasman e’lon qildi.

Uchrashuv davomida Toshkent, Samarqand va Farg‘onada operatsion markazlarni joylashtirish imkoniyatlari, malakali mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda IT Park ekotizimi orqali ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.

Sonect'ning O‘zbekistonga kirishi IT Park Uzbekistan tomonidan olib borilayotgan xalqaro hamkorlik natijalarining amaliy ifodasi bo‘lib, mamlakatning global biznes xizmatlari va BPO markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.