O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Bishkekda TDTning Transportni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

UzDaily · 24.04.2026 · 17:00 · 658 views
Bishkekda TDTning Transportni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bishkekda TDTning Transportni rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-aprel kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar transportini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi XIV yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga transport sohasini raqamlashtirish va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha bir qator muhim masalalar kiritildi.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi sifatida raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi hamda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida “e-CMR” va “e-Permit” elektron tizimlarini joriy etish imkoniyatlari hamda loyihani yanada rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, Transkaspiy “O‘rta yo‘lak” yo‘nalishi orqali tranzit yuk tashish operatsiyalarini soddalashtirish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida Kaspiy dengizidagi parom yo‘nalishlarini joriy etish konsepsiyasi, Turkiya tomonidan taklif etilgan transport islohoti hamda 2022-yil 11-noyabrda Samarqandda imzolangan “Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida xalqaro aralash yuk tashish to‘g‘risidagi bitim”ning kuchga kirishi yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha TDTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 9-yig‘ilishi kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.