O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Bilimlarni baholash agentligi va YUNISEF taʼlim tizimini baholashni rivojlantirishni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 08.08.2026 · 17:55 · 70 views
Bilimlarni baholash agentligi va YUNISEF taʼlim tizimini baholashni rivojlantirishni muhokama qildi
Bilimlarni baholash agentligi va YUNISEF taʼlim tizimini baholashni rivojlantirishni muhokama qildi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majit Karimov YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Taʼlim bo‘limi rahbari Alberto Byankoli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar taʼlim sifatini baholash milliy tizimini rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Muzokaralar davomida taʼlim sifatini baholash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonini joriy etish, shuningdek, umumtaʼlim fanlari va xorijiy tillar bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini xalqaro auditdan o‘tkazishni rivojlantirish va amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv ishtirokchilari baholash sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish, xalqaro ekspertlarni jalb etish, baholash vositalarini takomillashtirish, shuningdek, milliy baholash tizimining ishonchliligi, xolisligi va shaffofligini yana-da mustahkamlash kabi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirish, xalqaro tajribani milliy baholash tizimiga joriy etish va taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.