O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

UzDaily tahririyati · 27.07.2026 · 20:20 · 25 views
Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Baxtiyor Saidov Portugaliyaning yangi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi / Surat: O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sara Martinshning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Portugaliya munosabatlarini yana-da rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Baxtiyor Saidov 2026 yil aprel oyida O‘zbekiston tomonining Lissabonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etganini taʼkidladi.

Uchrashuvda tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Saidov Sara Martinshga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.